Samarqandda uy egasi o‘zi qazigan chuqurga tushib ketdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Kuni kecha, tunda, Samarqand shahri B.Mirzo ko‘chasidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi fuqaro Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi navbatchilik qismiga uni chuqurlikdan chiqarib olishlarini so‘rab murojaat qilgan, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Leytenant N.Karimov boshchiligidagi qutqaruv guruhi zudlik bilan belgilangan manzilga yetib borib, besh daqiqa ichida uy egasini chuqurdan olib chiqdilar.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro R.S tunda hovlida yurgan vaqtida bir kun oldin o‘zi qazib qo‘ygan chuqurlikka tushib ketgan. Uy egasi jiddiy jarohatlar olmagan.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий