Rossiyada zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Avvalroq Rossiyaning Tolyatti shahrida O‘zbekistonning 23 fuqarosi zaharlanib, ulardan 13 nafari shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandik. 

Ushbu holat yuzasidan qo‘shicha axborot berildi. Ma’lum bo‘lishicha, zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan 23 nafar migrantning 9 nafari O‘zbekiston fuqarosi, qolgani chet el fuqarosi bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

“2020 yilning 20 iyul kuni Tolyattidagi xostelda vaqtincha yashovchi mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy kasallinish oqibatida 13 nafar chet el fuqarosi 5-shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Shifoxonada davolanayotgan ushbu bemorlarning 9 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi”, deyiladi xabarda. 

Реклама на Unews

Qayd etilishicha, bemorlarning barchasiga “noma’lum bakterial ichak infeksiyasi” tashxisi qo‘yilgan va ularning holati qoniqarli. Shuningdek, bemorlarning 1 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli 1-shifoxonaga o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Volgograd viloyatida “Gazel” yuk mashinasi avtohalokatga uchrab, 13 nafar o‘zbekistonlik jarohat olgani haqida xabar bergan edik.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий