Rossiya va Xitoy harbiy qudratda AQSHni ortda qoldiradimi? Bayden javob berdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

AQSH Prezidenti Jo Bayden fuqarolarini boshqa kuchlar, jumladan, Rossiya va Xitoy harbiy kuchda Amerikadan o‘zib ketishi mumkinligidan xavotir olmaslikka chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

“Xitoy, Rossiya va butun dunyo bizda jahon tarixidagi eng qudratli Qurolli Kuchlar borligini biladi. Boshqa davlatlar bizdan o‘zib ketishi mumkinligidan xavotir olmang”, deydi Bayden.

Prezidentning fikricha, Moskva va Pekinning xatti-harakatlari haqida qayg‘urish kerak, chunki bu “ularni jiddiy xato qilishga undaydi”.

Реклама на Unews

Shu bilan birga, Oq uy rahbari AQSH o‘z pozitsiyasidan qaytmasligini ta’kidlagan. Baydenga ko‘ra, agar Pekin harbiy operatsiyani boshlasa, Amerika Tayvanni himoya qilishga tayyor.

Avvalroq, Amerika Qurolli Kuchlari Shimoliy qo‘mondonligi boshlig‘i Glen Van Xerk Rossiyani AQSH uchun asosiy tahdid bo‘lsa, Xitoy “uzoq muddatli tahdid” ekanligini qayd etgan edi. Bundan tashqari, yaqinda AQSH armiyasi assotsiatsiyasi Rossiya Qurolli kuchlari to‘g‘risida Pentagonga hisobotini e’lon qilgan. Hisobotda Rossiya AQSHning “asosiy va eng xavfli” raqibi ekanligi haqida so‘z borgan.

Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden Vashington Xitoy bilan “sovuq urush”ni xohlamasligini, biroq o‘z pozitsiyalaridan ham chekinmasligini ma’lum qilgandi.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий