Qozog‘istonda o‘quv yili boshidan beri 104 nafar o‘quvchi COVID-19 bilan kasallangan

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘quv yili boshidan beri Qozog‘istonda 104 nafar o‘quvchi koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Aleksey Soyga tayanib “Xabar 24” ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ular bilan aloqa qilgan 240 ta shaxs allaqachon aniqlangan bo‘lib, ulardan 15 nafarida koronavirus tasdiqlangan.

Tegishli bo‘lim boshlig‘i 100 foiz an’anaviy rejimda o‘qitilgan taqdirda, aloqa qilganlar soni kamida 1500 kishiga ko‘paygan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, u aholining xushyorligi pasayganligiga ham to‘xtalib o‘tdi. Odamlar tobora niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash talablarini buzmoqda.

Karantin rejimining buzilish soni ko‘payishi mamlakatning 10 ta mintaqasida kuzatilmoqda. Birgina so‘nggi uch hafta ichida mingdan ortiq qozog‘istonliklar jarimaga tortilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий