Qashqadaryodagi bir necha maktab filiallari hamon paxsadan qurilgan binolarda ishlayapti

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Qashqadaryo bir necha maktab filiali hamon paxsadan qurilgan binolarda ishlamoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bugun, 13 noyabr kuni Qarshi shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytildi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Faollar yig‘ilishida ta’lim va tibbiyot sifati masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

Qayd etilishicha, viloyatning 88 maktabida “smena” ko‘rsatkichi yuqori ekani, bir nechta maktab filiali binosi paxsadan qurilgan. 

Реклама на Unews

Qashqadaryo yoshlari oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha mamlakatda 13-o‘rinda turibdi. Joriy yilda esa naq 191 ta maktabning birorta ham bitiruvchisi oliy o‘quv yurtlariga kira olmagan.

Shuningdek, tor sohalar bo‘yicha 257 ta, birlamchi bo‘g‘inda 855 ta shifokor yetishmaydi. Hududda qo‘shimcha 18 ta oilaviy poliklinika va 30 ta oilaviy shifokorlar punktlariga talab mavjud. Har bir oilaviy poliklinikaga o‘rtacha 25-30 ming nafardan fuqaro to‘g‘ri kelishi lozim bo‘lsa-da, viloyatda bu ko‘rsatkich 90 mingtani tashkil etadi.

Yig‘ilishda shu kabi muammolar, mavjud imkoniyatlar tahlil qilinib, Qashqadaryoni kompleks rivojlantirish va aholining hayot sharoitini yaxshilashga doir ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий