Qashqadaryoda koronavirusga chalinganlar to‘liq statsionar sharoitda davolanadi!

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev viloyatda karantin choralari yumshatilishi ortidan sektor rahbarlari va mutasaddilarga qo‘llanishi zarur bo‘lgan choralar yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Topshiriqlarga ko‘ra, endilikda har bir tibbiyot muassasasida eng kamida bittadan mobil guruhlari tashkil qilinishi, mazkur mobil guruhlar uy sharoitida davolanayotgan bemorlar, kasallikka shubha qilinganlar holidan xabardor bo‘lib turishlari lozim. Mahalla raisi va profilaktika inspektori ularning ro‘yxatini shakllantirib, karantin va izolyasiya qoidalariga qay darajada amal qilinayotganini nazoratda tutishlari kerak.

"Bundan keyin kasallik aniqlangan fuqarolar uyda emas, to‘liq statsionar sharoitda davolanadi, - dedi viloyat hokimi. - O‘rganishlar shuni ko‘rsatayaptiki, uyda davolanishdan ko‘ra statsionar sharoitda davolanish ancha ishonchli va samarali. Qolaversa, viloyatdagi shifoxonalarda koronavirusni davolash uchun ajratilgan (yaratilgan zaxira o‘rinlaridan tashqari) o‘rinlar soni ham, dori-darmon zaxirasi ham yetarli".

Реклама на Unews

Sektor rahbarlari bularning barchasini chuqur o‘rganib, tahlil qilib borishi va shunga ko‘ra ish tutishi shartligi alohida aytib o‘tildi.

Hozir Qashqadaryoda koronovirus infeksiyasini davolashga 6 ta shifoxona jalb etilgan. 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий