Qanday bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi: 

 nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish); 

 eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik); 

Реклама на Unews

 ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar); 

 tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqa, bo‘g‘imlar va oyoqlar operasiyalarining barcha turlaridan keyingi holati; bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqaning idiapatik deformasiyalari; kifoz; lordoz; kifoskolioz; oyoq panjalari falaji; tayanch-harakatlanish a’zosi rivojlanishi anomaliyalari; artrozoartritlar; ostexondropatiya; xondrodistrofiya; bolalar serebral falaji; meningoensefalitga chalingandan keyin hamda tug‘ruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish a’zolarining barcha patologiyalari (gemiparez, paraparez, monoparez va shu turdagi plegiyalar); poliradikulonevritlar va ularning asoratlari); 

 psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi); 

Реклама на Unews

 murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi); 

 sil kasalligining ilk ko‘rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo‘jalikdan) bo‘lib aloqada bo‘lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri. 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий