Prokurorlar sektorlar karantin davrida aholiga qanday yordam ko`rsata oladi?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Dunyodagi vaziyatga mos ravishda so`nggi kunlarda yurtimizda ham koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq ahvol murakkablashmoqda. Ayniqsa, karantin choralari muddatlarining uzayib borayotgani aholi, jumladan ehtiyojmand oilalarni qiyin ahvolga solib qo`yishi ehtimoldan xoli emas. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Shu bois, bugungi kunda bunday oilalarni qo`llab – quvvatlash, ularning vakillarini ishga joylashtirish, shu yo`l bilan ularda tirikchilik manbai hosil bo`lishiga imkoniyat yaratib berish ishlarini yanada jadallashtirish masalasi dolzarbligicha qolmoqda.  

Bu borada prokurorlar sektorlari mas`ullariga nisbatan talab ikki hissa kuchaytirilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Реклама на Unews

Bugun Bosh prokuraturada hududiy prokuratura organlari rahbarlari ishtirokida o`tkazilgan selektor yig`ilishi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 8 iyul kuni o`tkazilgan yig`ilishda belgilangan vazifalarning ijrosini ta`minlash hamda ehtiyojmand oilalar a`zolarining bandligini ta`minlashni yanada kuchaytirish choralarini belgilab olishga bag`ishlandi.

Ta`kidlanishicha, ko`p bora tanqid ostiga olinganiga qaramasdan, ehtiyojmand oilalarni qo`llab-quvvatlash borasidagi sektorlar faoliyatida ayrim jiddiy kamchilik va nuqsonlar saqlanib qolmoqda.  

Реклама на Unews

Xususan, ayrim sektorlar tomonidan ehtiyojmand oilalar a`zolarini barqaror va istiqbolli ish o`rinlariga joylashtirishga etarli e`tibor berilmayotgani keskin tanqid ostiga olindi.

Shuningdek, ayrim hududlarda iqtisodiy kompleks yo`nalishidagi, ya`ni, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik va jamoat ishlariga hamda investisiya, agrosanoat, qurilish loyihalari asosida ish o`rinlariga ehtiyojmand oilalar a`zolarini jalb etish, bo`sh turgan davlat ob`ektlaridan foydalanish bo`yicha ishlar sust yo`lga qo`yilganligiga alohida to`xtalib o`tildi.  

Aholini hunarmandlikka jalb etish borasida Surxondaryo hamda takroriy ekin ekish uchun er ajratish borasida Andijon viloyatlarining ijobiy tajribalari alohida e`tirof etildi.  

Tanqidiy ruhda o`tgan yig`ilishda barcha prokurorlardan sektorlar hududida ehtiyojmand oilalarni qo`llab-quvvatlash va bu faoliyatning ustuvor yo`nalishlari haqida aholi to`liq tasavvurga ega bo`lishi maqsadida targ`ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, joylardagi sektorlar shtablarida “call-center” markazlari tashkil etgan holda ma`lumotlar kiritish jarayonini qat`iy kunlik nazoratga olish talab etildi.

Shu bilan birga, sektorlarda ishsizlarni kasbga o`rgatish, yoshlarni “ustoz-shogird” tamoyili asosida ustozlarga biriktirish masalasiga jiddiy e`tibor qaratish lozimligi ta`kidlanib, bu borada har bir mas`ul prokuror xodimning shaxsiy javobgarligi masalasi belgilandi.

Yig`ilishda sektorlar rahbarlari oldiga ehtiyojmandlarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta`minlash borasida yo`l qo`yilayotgan xato va kamchiliklarni tezkor ravishda bartaraf etishga qaratilgan aniq vazifalar qo`yildi.

Shuningdek, sektorlar rahbarlari hududlarda karantin qoidalariga qat`iy rioya etilishini ta`minlashga, infeksiyaning aholi orasida keng tarqalishiga yo`l qo`ymaslikka ham mas`ul ekanligi alohida qayd etildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий