O‘zbekistonning 6 hududida masjidlar faoliyati tiklandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘zbekistondagi oltita hudud “yashil” toifaga kiritilib, ularda masjidlar faoliyati tiklandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda. Bu haqida "Qalampir.uz" nashri xabar bermoqda.

Shu yil 26 iyun holatiga, tuman va shaharlar epidemiologik toifalarining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani, Namangan viloyati Kosonsoy tumani, Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Termiz, Angor va Uzun tumanlariga “yashil” hudud toifasi berildi.

Реклама на Unews

O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, shu yil 29 iyundan boshlab, ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochiladi.

“Qizil” yoki “sariq” hududlardan “yashil” hududlar qatoriga o‘tish va masjidlar o‘z faoliyatini qayta boshlashida – har bir insonning hissasi katta bo‘ladi, karantin mezonlariga amal qilish ayni matlub va shariatda buyurilgan ishdir.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий