O‘zbekistonlik futbolchilar 4 oydan beri Bangladeshdan qayta olmayapti (FOTO)

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘zbekiston hukumati pandemiya boshlanganidan buyon ko‘plab charter reyslarni amalga oshirib, minglab fuqarolarimizni vatanga qaytardi. Biroq hanuzgacha chet davlatlarda qolayotgan fuqarolarimiz bor. Ular orasida futbolchilar ham bor. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Bangladesh poytaxti Dakka shahrida bo‘lib turgan «Paxtakor» va O‘zbekiston yoshlar jamoasi sobiq futbolchisi Alisher Azizovning Tribuna.uz caytiga ma’lum qilishcha, Bangladesh chempionatida to‘p tepgan 7 nafar o‘zbekistonlik futbolchi mart oyidan beri uylariga qaytib kela olmayapti. 

Karantin joriy qilingunga qadar Bangladeshning «SHEIKHRUSSEL FC» klubida o‘ynagan Azizov bilan birga «BRASSERS FS» futbolchilari Otabek Valijonov va Murod To‘ychiyev, «CHITTAGONG ABAHANI FC» a’zolari Iqbol Boboxonov va Shukurali Po‘latov, «RAKHMATJONJ FC» jamoasida o‘ynagan Akobir To‘rayev va Furqat Hasanboyev ayni damda Bangladesh poytaxtida qolmoqdalar. 

Реклама на Unews

O‘zbekistonlik futbolchilar 4 oydan beri Bangladeshdan qayta olmayapti (FOTO)

30 yoshli hujumchi Alisher Azizovningning aytishicha, Bangladesh chempionati 20 mart kuni 6-tur o‘yinlaridan so‘ng to‘xtatilgan. Mamlakat futbol federasiyasi barcha klublarga legionerlar bilan shartnomalarni bekor qilishni tavsiya qilgan. Shunga ko‘ra, legionerlarga 20 martgacha bo‘lgan maoshlar to‘lab berilib, shartnomalar bekor qilingan. Shunga qaramay, o‘zbek legionerlari klublar qarorgohida yashab kelmoqda. Ba’zi jamoalar ancha vaqtgacha futbolchilarga kunlik oziq-ovqati uchun pul berib turgan. So‘nggi paytlarda bu to‘lovlar ham to‘xtagan.

O‘zbekistonlik futbolchilar 4 oydan beri Bangladeshdan qayta olmayapti (FOTO)

Реклама на Unews

«Bu yerda maoshlar uncha katta emas. Ba’zi futbolchilar qiynalib qolishdi. Ochig‘i, hech birimizga oson bo‘lmayapti. Biz pandemiya e’lon qilingan, chempionat to‘xtatilgan paytdayoq O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni tushuntirgandik. Ular Hindistondagi elchixona bilan bog‘laninglar, deyishdi. Biz bilan aloqaga chiqqan xodim esa Hindiston orqali charter reys bilan olib ketamiz, deb va’da berdi. Birinchi charter reysda olib ketishmadi. Biz Dakkadan Hindistonga borib olishimiz darkor. Ammo, reys yo‘q ekan. Ikkinchi charter reys ham ketdi. 10 kun bo‘ldi bunga. Hindiston ruxsat bermayapti, deyishdi. Bilsak, Dakkadan Dehliga reys bo‘lgan. Samolyot bo‘sh ketgan, joy bo‘lgan. Bizga joy yo‘q, deyishgandi. Hamon Dakkadamiz. Iyungacha o‘sha odamning gaplariga ishonib o‘tiribmiz. Uchinchi reys ham xuddi shunaqa bo‘ldi – ketolmadik. Hatto Qirg‘iziston orqali ketish variantini ko‘ra boshladik. Qirg‘iziston tomoni bizni olib ketishga rozi. 27 iyun sanasida Dakkadan Hindistonga, u yerdan Qirg‘izistonga reys bor ekan. Bizga faqat viza qilib berishsa bo‘ldi. Ammo elchixona shuniyam hal qilib berolmayapti», - deya vaziyatni tushuntirdi Alisher Azizov.

O‘zbekistonlik futbolchilar 4 oydan beri Bangladeshdan qayta olmayapti (FOTO)

O‘zbekistonlik futbolchilar 4 oydan beri Bangladeshdan qayta olmayapti (FOTO)

Qariyb to‘rt oydan buyon O‘zbekistonga qayta olmayotgan futbolchilarimizning muammosi hal bo‘lib, tez orada Vatanga qaytishlariga ishonamiz. Bu borada ularga O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ham amaliy yordam beradi, deb umid qilib qolamiz.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий