O`zbekistonda yarim yilda sodir etilgan jinoyatlarning 94 foizi fosh etildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O`zbekistonda 2022 yilning 6 oyida sodir etilgan jinoyatlarning 94 foizi fosh etildi. Bu haqda ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov ma`lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, hududlardagi kriminogen vaziyatdan kelib chiqib, har bir mahalla «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga ajratilgan. Natijada 4951 mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmagan.

 

«O`tgan davrda jinoyatchilikni jilovlash, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va jamoat xavfsizligini ta`minlash borasida qator kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, sodir etilgan jinoyatlarning 94 foizi fosh etildi, tergov organlaridan yashiringan 2841 shaxs qo`lga olindi, bedarak yo`qolgan 252 kishi topildi.

Реклама на Unews

 

Xodimlar tashabbusi bilan birgina korrupsiya sohasida 817 ta jinoyat aniqlanib, ular oqibatida etkazilgan 116,5 milliard so`m miqdoridagi zarar undirildi. Shuningdek, 1 tonnadan ziyod yoki o`tgan yildagiga nisbatan 4 barobar ko`p giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi hamda 220 ming donaga yaqin kuchli ta`sir qiluvchi psixotrop tabletka olindi», — deydi vazir.

Eslatib o`tamiz, Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida 2021 yil 24 oktyabr kuni ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tgandi. Vazir o`z nutqida saylov kuni xavfsizlikni ta`minlash va qonun buzilishining oldini olish borasida tezkor choralarni ko`rish uchun ichki ishlar organlarida tuzilgan navbatchilik, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ovoz berish jarayonlari to`g`risida ma`lumot berib o`tgan.

 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий