Oʻzbekistonda koronavirus: 5 oktyabr asosiy xabarlari

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Sutka davomida 259 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 58 946 nafarni tashkil qilmoqda, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

  Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 259 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 58 946 nafarni tashkil qilmoqda.

Реклама на Unews

Yangi kasallanish holatlarining: 71 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 315 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 55 633 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 94 foiz.

Ayni paytda 2 828 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Реклама на Unews

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 485 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Qozondan 700 ga yaqin fuqaro avtobuslarda olib kelinmoqda

Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan 26 sentyabr kuni navbatdagi 15 ta avtobusdan iborat karvon Rossiya Federatsiyasi hududidan fuqarolarni olib kelish maqsadida yoʻlga chiqqan edi. Ayni damda avtobuslar Qozon shahridan 700 ga yaqin fuqarolarni olib qaytmoqda. Avtobuslar karvoni ertaga Oʻzbekistonga kirib keladi.

Yangi yoʻnalish

Qozogʻistonning "SCAT" aviakompaniyasi Aktau – Urganch - Aktau yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi.

1 avgustdan  boshlab  Urganch aeroportida joriy qilingan "Ochiq osmon" rejimi asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi “SCAT” aviakompaniyasiga 2020 yil 2 oktyabrda  Aktau – Urganch – Aktau yoʻnalishi boʻyicha  muntazam  parvozlarni  amalga  oshirishga  ruxsatnoma  berdi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 35,4 milliondan oshdi, 1 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 26,6 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (7,6 mln), Hindistonda (6,6 mln), Braziliyada (4,9 mln).

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий