O‘zbekistonda ilk bor murakkab jigar ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Kuni kecha respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ilk bor Karoli sindromiga chalingan bemorda murakkab jigar ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazildi. Bu haqida SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu jarrohlik amaliyoti xirurg, professor Mirshavkat Akbarov boshchiligidagi o‘zbekistonlik shifokorlar tomonidan mustaqil amalga oshirildi.

12 soatdan ortiq davom etgan jarrohlik amaliyotida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida yashovchi 18 yoshli bemor — Feruzbek Shamsiddinovga 44 yoshli onasi Gulchehra Yuldashevaning jigaridan bir bo‘lagi ko‘chirib o‘tkazildi.

Реклама на Unews

Hozir har ikkala bemorning ham ahvoli yaxshi, donor esa palataga olingan. 

— Ikki yil avval terimda juda kuchli qichishish paydo bo‘ldi, — deydi F. Shamsiddinov. — Keyinchalik rangim sarg‘aya boshladi. Shundan so‘ng tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasi shifokorlariga murojaat qildik. Topshirgan qon tahlillarim menda gepatit V kasalligi borligini ko‘rsatdi.

Vrachlar tavsiyasi bilan tibbiy muolajalar olishni boshladim, biroq umumiy ahvolimda ijobiy o‘zgarish bo‘lmadi. Shundan so‘ng Buxoro viloyat klinik shifoxonasida qayta tibbiy tekshiruvlardan o‘tdim.

Реклама на Unews

Yakuniy tahlillardan keyin shifokorlar jigarimda jiddiy xastalik borligini, uni esa Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida operatsiya orqali davolash mumkinligini aytishdi. Bu yerga kelgach, menda kamdan kam uchraydigan og‘ir kasallik aniqlandi. Ochig‘i, avvaliga biroz qo‘rquv bo‘ldi. Ammo shifokorlarning tavsiyalari, ruhiy daldasi ushbu hayajonni yengishimga katta yordam berdi.

Bemorni operatsiyaga tayyorlagan shifokor Azimjon Usmonov bu yil o‘nlab hamkasblari qatori Rossiyaning akademik V.I.Shumakov nomidagi transplantologiya va sun’iy organlar milliy tibbiyot ilmiy markazida malaka oshirib qaytgan yosh jarrohlardan.

Uning ta’kidlashicha, Karoli sindromi kamyob kasallik bo‘lib, har million kishining bittasida aniqlanadi. Bemor yosh bo‘lgani va kasallik irsiy ekani hamda hech qanday virusli infeksiya yo‘qligi sababli Feruzbek operatsiyadan so‘ng o‘zini tez tiklab oladi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий