O‘zbekistonda 23 may kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

«O‘zgidromet» xizmati 23 may, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Kechasi 18–20 daraja iliq, kunduzi 30–32 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekun tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 33–38 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 33–38 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 29–34 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 31–36 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Kechasi 14–19 daraja iliq, kunduzi 27–32 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi 7–12, kunduzi 20–25 daraja iliq bo‘ladi.

22-24 may kunlarida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий