O‘zbekistonda 1-fevraldan oyliklar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar oshadi!

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni 2021-yilgi O‘zbekiston davlat budjetining ijrosini ta’minlash bo‘yicha qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi. Ushbu sanadan boshlab O‘zbekiston hududida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 747,3 ming so‘m (679,3 ming so‘m) etib belgilanadi.

Bazaviy hisoblash miqdori esa 223 ming so‘mdan 245 ming so‘mga ko‘tariladi. Qarorda 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga to‘lanadigan nafaqa miqdori 10 foizga oshiriladi. Bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa 434 ming so‘m etib belgilanadi.

Реклама на Unews

 

Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam 326−653 ming so‘m etib belgilanadi. Qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-fevraldan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori, hamda pensiya, stipendiya va nafaqalar o‘rtacha 7 foizga oshirilgan edi. 1-sentabrdan boshlab pensiya va nafaqalar 10 foizga oshirilgan edi. Farmon bilan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalar uchun nafaqa oluvchilar sonini 2 baravar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolaga qarash uchun nafaqa oluvchilar sonini 20 foizga oshirilgan edi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий