O`zbekiston «Navruz Sup-2022» g`olibiga aylandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O`FA taklifi bilan Namanganda ilk marta o`tkazilgan «Navruz Sup-2022» turniri O`zbekiston milliy jamoasining g`olibligi bilan yakuniga etdi.

Bugun, 29 mart kuni Namangandagi «Markaziy» stadionda qariyb 20 ming tomoshabin qarshisida kechgan final bahsida O`zbekiston milliy jamoasi Ugandaga qarshi saf tortdi. Shiddatli kechgan uchrashuvning 35-daqiqasida Jaloliddin Masharipov afrikaliklar himoyachisi va darvozabonining qo`pol xatosidan keyin hisobni ochdi – 1:0.

Masharipovning goliga assistentlik qilgan Shomurodov 39-daqiqada Amonov bilan ajoyib kombinasiya uyushtirib, Namangandagi stadionni ikkinchi marta larzaga keltirdi – 2:0.

Реклама на Unews

Ikkinchi bo`limning 52-daqiqasida Miya himoyachilarimizdan chaqqonoq harakat qilib, farqni qisqartirdi – 2:1

Ikki daqiqa o`tar-o`tmas katta sahnaga yana Shomurodov chiqdi. Eldor qarshi hujumda Hojimat Erkinovning uzatmasini golga aylantirib, dubl qayd etdi – 3:1.

72-daqiqada esa Shomurodov o`zi uchun noodatiy bo`lgan, jarima maydoni tashqarisidan zarba yo`llab, het-trikka erishdi – 4:1.

Реклама на Unews

78-daqiqada esa Okvi bu borada Eldordan qolishmasligini ko`rsatib, yirik hisobni qisqartirdi – 4:2.

Yakunda ushbu natija boshqa o`zgarmadi va O`zbekiston milliy jamoasi finalda Uganda ustidan ishonchli g`alabaga erishib, Namangandagi «Navruz Sup-2022» g`olibiga aylandi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий