O‘tgan bir kecha-kunduzda aholi orasida 50 kishida koronavirus chiqdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Shu yilning 1-iyul kuni mamlakatimizda 278 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 218 nafari Karantin muassasalarida, 50 nafari aholi orasida (shundan 35 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Buxoro viloyatida, yana 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 4 nafari Xorazm viloyatida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida), 10 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri. 

Avval xabar qilganimizdek, bugun yurtimiz tibbiyot muassasalarida 165 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 126 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar) sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8781 nafar bemordan 5847 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Реклама на Unews

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2907 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 40311 nafar, statsionar karantinda esa 24576 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий