BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O'limga olib keladigan bosh miya o'smasiga qarshi vosita topildi!

Olimlar bosh miyaning xavfli o'smasi bilan bog'liq bo'lgan 200 dan ortiq genlarni topishdi. Bu haqida Genome Biology ilmiy journali xabar bermoqda.

Ilmiy izlanishlarda Britaniyaning Senger instituti va Addenbruks shifoxonasi mutaxassislari ishtirok etishdi. Laboratoriya sichqonlarida olib borilgan tajribalarda Epidermal o'sish omili retseptorlari (EGFR) va 200 dan ortiq genlarning o'zaro aloqalari aniqlandi. Bu genlarning mutatsiyasi hujayralarning beto'htov ko'payishi (giperekspressiya) ga va o'sma hujayralari paydo bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin.

Olimlarning ta'kidlashicha, aynan o'sish omillari glioblastoma (o'sma hujayralari) lar hosil bo'lishiga va bu o'ta xavfli miya o'smasiga paydo bo'lishiga olib keladi. Bunday bemorlar 12-18 oydan oshiq umr ko'rishmaydi. Lekin bunday zararlangan hujayralarni saratondan davolash mumkin. Buning uchun laboratoriya hayvonlarida o'tqazilgan tajribalar asosida maxsus modellar ishlab chiqildi va o'sish omillari mutatsiyasiga sabab bo'ladigan bir necha yuz genlar aniqlandi. Bu kelajakda aynan shu genlarda gen injeneriyasi asosida davo choralarini topishga yordam berishi mumkin.

Xozircha damda olimlar bu yuzlab genlar ichidan aynan qaysilari mutatsiyaga uchrashini aniq aytaolgani yo'q. Agar bu aniqlansa, kelajakda miya o'sma kasalliklari nuqtali, ya'ni kerakli genni o'zgartirish orqali davolanadi. 

Fikr qoldiring