Ogoh bo'ling! O‘zbekistonliklarga xorijdan shubhali qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda! Bu juda xavfli

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

12 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab o‘zbekistonliklar o‘zlariga turli xorijiy telefon raqamlaridan qisqa qo‘ng‘iroq bo‘lganini ma’lum qilishdi. «O‘zkomnazorat» davlat inspeksiyasi bu qo‘ng‘iroqlar xorijiy firibgarlar tmonidan qilingan bo‘lishi mumkinligini aytib, ularga qayta qo‘ng‘iroq qilmaslikni tavsiya etdi.

Inspeksiyaning ogohlantirishcha, koronavirus pandemiyasi davrida mobil aloqa operatorlarining abonentlariga nisbatan firibgarlik qilib, hisob raqamlaridan pul yechib olish bilan bog‘liq holatlar uchragan hamda bu holat hanuz takrorlanmoqda.

Jumladan, «Vangiri» firibgarligi. Ya’ni xorij raqamidan qisqa qo‘ng‘iroq qilib, abonent ushbu raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilganidan keyin uning hisobidan katta mablag‘ yechib olish holatlari kuzatilgan. Firibgarlar abonentga qo‘ng‘iroq qilgach, gapirmasdan aloqani uzib qo‘yadi. Ayrim odamlar esa xorijdan qo‘ng‘iroq qilingan va o‘tkazib yuborilgan begona raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilish oqibatida ularning hisobidan mablag‘ yechib olinadi.

Реклама на Unews

Shuningdek, mobil aloqa operatorlaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, karantin davrida plastik kartalarni elektron tizimlar orqali boshqarilishida uchragan shubhali harakatlar monitoring kilinib, firibgarlikning oldini olish borasida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

«O‘zkomnazorat» davlat inspeksiyasi bu kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun begona xorij raqamidan qo‘ng‘iroq bo‘lgan va u o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, o‘sha raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilmaslik, plastik karta raqami, pasport seriyasi va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga oshkor qilmaslik, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikni tavsiya qiladi.

Ma’lumot uchun, «Vangiri» yapon tilidan olingan so‘z bo‘lib, kiberfiribgarlik usullaridan biri hisoblanadi. Firibgarlar turli usullar bilan abonentni pulli raqamga (premium-rate number) qo‘ng‘iroq qilishga majbur qiladi va uning hisobidan mablag‘ yechib oladi. Firibgar pulli raqamdan qisqa qo‘ng‘iroq qiladi va abonent qo‘ng‘iroqni ko‘tarishga ulgurmasidan tezda aloqani uzadi. Xorijdan muhim qo‘ng‘iroq kutayotgan fuqaro esa bilib-bilmay mazkur raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qiladi va o‘z hisobidagi mablag‘ning yechib olinishiga sharoit yaratib beradi.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий