Og`ir atletika: Nigora Suvonova uchta kumush, Ma`rufbekov bitta bronza medalini qo`lga kiritdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Meksikada davom etayotgan og`ir atletika bo`yicha o`smirlar o`rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kunida qatnashgan 2 nafar vakilimiz jamoamiz hisobiga 4 ta medalni qo`shib qo`yishdi.

Iqtidorli qizlarimizdan Nigora Suvonova -76 kg vazn toifasida oltin medal uchun murosasiz raqobat olib bordi. Yakunda hamyurtimiz faqatgina misrlik raqibasiga imkoniyatni boy berib, barcha yo`nalishlarda kumush medallar bilan taqdirlandi.

 

Shuningdek, yigitlarimizdan Abrorbek Ma`rufbekov -96 kg vazn toifasida bellashdi. Abrorbek kuchli raqobatda 133 kg natija bilan dast ko`tarish mashqida bronza medaliga sazovor bo`ldi. Afsuski, u ikki kurashda uchinchi o`rin egasiga atigi 1 kg imkoniyatni boy berib, to`rtinchi o`rinda musobaqani yakunladi.

Реклама на Unews

Og`ir atletika o`smirlar o`rtasidagi JCh
Qizlar, -76 kg:

1. Rahma Elsayed (Misr) – 215 (95+120) kg;
2. Nigora Suvonova (O`zbekiston) – 210 (91+119) kg;
3. Stefani Espinoza (Meksika) – 200 (90+110) kg.

Og`ir atletika o`smirlar o`rtasidagi JCh
Yigitlar, -96 kg:

Реклама на Unews

1. Gervasi Tabagari (Gruziya) – 317 (140+177) kg;
2. Saparli Muhiev (Turkmaniston) – 300 (133+167) kg;
3. Pablo Medina (Meksika) – 300 (131+169) kg;
4. Abrorbek Ma`rufbekov (O`zbekiston) – 299 (133+166) kg.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий