Nurmagomedov bilan Getjining nigohlari to‘qnashdi (video)

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Aralash uslubdagi jangchilar (MMA) rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan amerikalik Jastin Getjining nigohlari to‘qnashdi. Video-rolik «MMAFightingonSBN» YouTube-kanaliga joylangan, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Sportchilar 24-oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC musobaqasining asosiy jangida kuch sinashadi. Nurmagomedov va Getji qo‘l berib ko‘rishib, o‘zlarini do‘stona tutishdi. Faqat amerikalik jangchi tashkilotning vaqtincha chempionlik kamari bilan rasmga tushishdan bosh tortdi. U Nurmagomedovning kamariga ishora qilib: «Menga shu kerak», dedi.

Nurmagomedov — UFCning yengil vaznda amaldagi chempioni. Getji yurtdoshi Toni Fergyuson ustidan g‘alaba qozongach, titut jangini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov shu paytgacha jami 28 ta jang o‘tkazib, 28 marta g‘alaba qozongan va biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan. Jastin Getji hisobida esa 22 ta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat bor.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий