Nega bugun jamoat joylarida niqob taqish juda muhim. U haqiqatdan himoya qiladi(mi)?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Tibbiyot fanlari doktori, Rospotrebnadzor epidemiologiya ilmiy tadqiqotlar markaziy instituti bo‘lim boshlig‘i Tatyana Rujensova tibbiy niqoblar to‘g‘risidagi eng muhim savollarga javob berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Nega jamoat joylarida niqob taqish juda muhim. U virusdan himoya qiladi(mi)?  Virus tibbiy niqob teshikchalaridan o‘tib ketishi ham mumkinmi?

–Tadqiqotlarga ko‘ra, niqob taqqanda kasallik yuqtirish ehtimoli 1,8 barobar kamayadi.

Реклама на Unews

Bilamizki, virus nafas orqali, ayniqsa, yo‘talish, gaplashish chog‘ida ajralib chiqadi va bu zarrachalarni niqob yaxshi ushlab qoladi.

Niqob orqali nafas olish qiyin va zararli. Qanday yo‘l tutish kerak?

–Niqob orqali nafas olish qiyin emas. Agar biror turdagi niqob noqulaylik tug‘dirsa, boshqa materialdan tayyorlangan niqob va respiratorlardan foydalanib ko‘rish kerak.

Реклама на Unews

Ba’zi insonlar muayyan materialga ta’sirchan bo‘lishi mumkin. Oddiy uch qavatli bir martalik niqob, ko‘p martalik, hujjat va sertifikatga ega niqob yoki respiratorlardan birini tanlash lozim.  

Niqoblar turi orasida respiratorlar klapanli va klapansiz bo‘lishi mumkin. Agar biz klapanli respiratordan foydalansak, nafas chiqarish jarayoni to‘siqsiz amalga oshadi va nafas uchun yengillik hosil bo‘ladi.  

Ammo bunda bemordan infeksiya tarqalishida ham to‘siq bo‘lmasligini unutmaslik lozim.  

Shuning uchun agar inson kasallikka chalingan yoki tashuvchi bo‘lsa, klapanli respiratordan foydalanmasligi zarur.  

Respiratorning yuz qismida qulay joylashishi, tirqishlar qolmasligiga e’tibor bering.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий