Mutahasis: «Koronavirus antitanachalari uchun testlar pulni behuda sarflashdir»

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Vladislav Jemchugovning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi antitanachalar testi - bu pulni behuda sarflashdir.

“Ushbu test orqali biladiganingiz xastalikka chalinganmisiz yoki yo‘q, agar chalingan bo‘lsangiz, bu qancha oldin sodir bo‘lganligidir. Va, albatta, agar test ijobiy bo‘lib chiqsa, demak, endi siz niqobsiz yurishingiz va umuman xavfsizlik choralarini e’tiborsiz qoldirishingiz mumkin degani emas», - demoqda Jemchugov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, olimlar hamon koronavirusdan qutulgandan keyin qanday kuchli va uzoq muddatli immunitet hosil bo‘lishi borasida biror to‘xtamga kelishmagan.

Реклама на Unews

«Boshqa tomondan, agar sizning qoningizda antitanachalar bo‘lsa, demak, siz koronavirusga qarshi emlashni bir yildan ilgari olishingiz kerak», - deydi ekspert.

Uning qo‘shimcha qilishicha, aks holda, virusga qarshi sun’iy immunitet tabiiy immunitetini yo‘q qiladi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий