Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang UZREPORT TVda namoyish etiladi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

29-noyabr kuni Kaliforniyada boks afsonalari Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Jangga bo‘lgan katta qiziqish va tomoshabinlarning murojaatlarini inobatga olgan holda UZREPORT TV ushbu to‘qnashuvni O‘zbekistonda translyasiya qilish uchun eksklyuziv huquqlarni qo‘lga kiritdi.

Jonli efir Toshkent vaqti bilan ertalabki soat 07:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Musobaqani takroran 29 va 30-noyabr kunlari soat 21:00da UZREPORT TVda ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Mayk Tayson 2005-yildan beri jang o‘tkazmayotganini ta’kidlab o‘tish zarur. Uning hisobida 58 ta jang bor, shulardan 50 tasida g‘alaba qozongan. Jons so‘nggi marta ringga 2018-yilda chiqqan edi. Faoliyati davomida u 66 ta g‘alabaga erishgan (47 nokaut bilan), to‘qqizta jangda mag‘lub bo‘lgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий