Liverpulda gollar shousi, Madridda «ishkal»

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Yevropa Chempionlar Ligasida chorak final bahslari yakuniga yetdi. Futbol muxlislari Liverpulda gollar shousiga guvoh bo‘lgan bo‘lsa, Madridda dahanaki janglarni kuzatishdi. 

O‘z maydonida minimal hisobda g‘alaba qozongan «Manchester Siti» Madriddagi o‘yinda golsiz durang qayd etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Maydondagi ishkallar natijasida sakkiz futbolchi ogohlantirish oldi.

«Liverpul» maydonida esa tomonlar uchtadan gol urishdi. Yakunda Klopp shogirdlari yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

Реклама на Unews

YeChL. 1/4 final. 13 aprel
Javob bahslari

Atletiko — Manchester Siti 0:0
Atletiko 
– Oblak, Savich, Felipe, Reynildu, Lodi (Korrea, 70), Lemar (Suares, 82), Koke (de Paul, 69), Kondogbia, Lorente, Grizmann (Karrasko, 69), Felish (Mateus Kunya, 82). 
Manchester Siti – Ederson, Uoker (Ake, 73), Stounz, Laport, Kanselu, Gundo‘g‘an, de Bryuyne (Sterling, 65), Rodri, Silva (Fernandino, 79), Foden, Mahrez.
Ogohlantirishlar: Felipe (24), Lorente (80), Rodri (85), Savich (90+1), Ake (90+1), Mahrez (90+5), Foden (90+7), Kanselu (90+7).
Birinchi o‘yin — 0:1.

Liverpul — Benfika 3:3
Gollar:
 Konate (21), Firmino (55, 65) — Ramush (32), Yaremchuk (73), Nunes (81).
Liverpul – Alisson, Gomes, Matip, Konate, Simikas, Milner (Alkantara, 58), Henderson (Fabino, 58), Keyta, Firmino (Origi, 90+1), Jota (Saloh, 57), Dias (Mane, 66). 
Benfika – Vlaxodimos, Jilberto (Diash, 90+1), Vertongen, Otamendi, Grimaldo, Taarabt (Joau Mariu, 66), Diogu Gonsalvesh (Yaremchuk, 46), Vaygl, Everton (Almeyda, 90+1), Nunes, Gonsalu Ramush (Paulu Bernardu, 78).
Birinchi o‘yin — 3:1.

Реклама на Unews

Yarim finalda «Man Siti» «Real» bilan, «Liverpul» «Vilyarreal» bilan o‘ynaydi. Bahslar 26-27 aprel va 3-4 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий