Koronavirusning yangi shtammi yangi chora-tadbirlarni talab qiladi — Sevara Ubaydullaeva

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Butun dunyoda koronavirusning yangi shtammi avj olib borayotgan bir vaqtda yurtimizda kasallik xuruji nisbatan pasayganini ko`rib turibmiz. Ammo bu quvonishga sabab bo`lmaydi. Bu barqarorlikni saqlab qolish uchun jiddiy chora-tadbirlar ko`rishni dunyodagi epidemiologik holat taqozo qilmoqda. SSV Matbuot xizmati shu boradagi masalalarga aniqlik kiritish maqsadida vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaevaga murojaat qildi:

— 2020 yil koronavirus pandemiyasi bilan esda qoldi. Bu virusning asoratlarini avvaliga tushunmadik, — deydi Sevara Ubaydullaeva. — Shunga qaramasdan, o`z vaqtida bu kasallikni davolash, kasallik asoratlarining oldini olish va tarqalishini nazorat qilish orqali koronavirusdan kasallanish holatlarining nisbatan kamayishiga erishdik.

Hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi, shu bilan birga yukumli bo`lgan boshqa infeksiyalar ham nazoratga olindi, desak bo`ladi. Bu degani ko`chalarda bemalol yurishimiz mumkin, degani emas. Sababi, hozir dunyo bo`yicha ham, yurtimizda ham koronavirus infeksiyasi to`liq yo`q bo`lib ketmadi. Ayniqsa, bu infeksiya boshqa viruslardan farqli o`laroq, tez-tez mutasiyaga uchramoqda. Xususan, Buyuk Britaniyada mutasiyaga uchragan yangi shtammi tezlik bilan tarqalmoqda. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 740 221 yangi holati aniqlanishi, eng achinalisi, 12 502 nafar bemor vafot etgani bizni hushyor torttirishi kerak.

Реклама на Unews

Avval ham ta`kidlaganimizdek, yangi shtamm tahlillari shuni ko`rsatmoqdaki,  mutasiyadan so`ng virusning toj oqsillarida o`zgarish bo`lgan — bular virusning odam tanasi hujayralari qobig`idan o`tib, ichkariga kirishida kalit vazifasini o`tovchi qismidir. Virus shu tojlar  orqali tana hujayrasi yuzasi bilan kontaktga kirishadi. Ishlab chiqilayotgan vaksinalar koronavirusning tashqi qobig`i, ya`ni yog` kislotasi mavjud S-oqilli qobig`iga ta`sir qiladi. Koronavirus mutasiyaga uchrab, o`z genetik shtammini o`zgartirsa ham vaksinalar uning yangi shtammlariga ta`sir ko`rsatishi to`g`risida Buyuk Britaniya va Rossiya olimlari ta`kidlab kelmoqda.

Koronavirusning bu shtammi,  Buyuk Britaniya olimlarining ta`kidlashicha, infeksiyaning odatiy turiga ko`ra, yuqumliligi 71 foizni tashkil etadi, ya`ni birlamchi paydo bo`lgan koronavirus infeksiyasiga qaraganda o`ta yuqumlidir. Shu bois, bu kasallik kirib kelishining oldini olish maqsadida 20 dan ortiq davlatlar Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to`xtatishdi.  Shuningdek, O`zbekistonda ham bir necha davlatlar qatorida Buyuk Britaniya bilan  aviaqatnovlar vaqtincha to`xtatildi.

Dunyodagi ko`pgina davlatlar o`z ixtiyori va imkoniyatidan kelib chiqib, boshqa davlatlardan kirib kelayotgan fuqarolarni tekshiruvdan o`tkazmoqda. Bu bilan koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olishga qisman erishmoqdalar. Xususan, bizda ham har bir chegara xududlarida, aviaqatnov yoki temir yo`llar orqali kirib kelayotgan fuqarolar tekshiruvdan o`tkazilmoqda.  

Реклама на Unews

Bu kasallik tarqalishining oldini olishda yurtimizdagi har bir fuqaroning mas`uliyati juda muhim. Shu bois, eng avvaalo, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, sog`lom turmush tarziga amal qilish, kasallik tarqalishining oldini olishda va boshqalarga yuqtirishdan himoyalanishda eng qulay usuldir. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий