⚡️ Koronavirusning «britancha» shtammi avvalgisiga nisbatan koʻproq oʻlimga sabab boʻlishi aniqlandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Twitterʼda oʻtkazilgan matbuot anjumanida koronavirusning yangi shtammi oldingisidan koʻproq oʻlimga olib kelayotganini taʼkidladi.

Xabarga koʻra, Qoʻshma Qirollik hukumati maslahatchisi Patrik Vallans «britancha shtammi»dan oʻlim holatlari COVID-19ʼning oldingisidan 30 foiz yuqori boʻlishi mumkinligini qayd etgan. Boris Jonson mamlakatda karantin hali tugamasligini ham maʼlum qilgan. Bunga sabab esa kasallikni yuqtirish holatlari hamon yuqoriligicha qolayotgani aytilgan.

Shuningdek, bosh vazir koronavirusning ushbu mutatsiyasiga qarshi «Pfizer» va «AstraZeneca» vaksinalari yaxshi samara berayotganini ham qoʻshimcha qildi. Ayni paytda Buyuk Britaniyada koronavirusni yuqtirish holatlari 3,5 milliondan oshgan, vafot etganlar — salkam 96 ming nafar.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, 22 yanvar kuni oʻtkazilgan brifingda JSST eksperti Mariya van Kerkxove koronavirus infeksiyasidan oʻlim holatlari soni oʻsishi faqat yangi shtammlar paydo boʻlishi bilan bogʻliq emasligini aytib oʻtgan. Ekspert Buyuk Britaniya olimlaridan yangi shtamm kasallikni yanada ogʻirlashtirish bilan birga, koʻproq oʻlim holatlariga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot olinganini maʼlum qilgan.

«Biroq boshqa bir omilni ham hisobga olishimiz kerak. Transmissivlik, yaʼni kasallar sonining oshishi statsionar va intensiv terapiya boʻlimlarida yotgan bemorlar soni yanada koʻpayganini ham anglatadi. Oqibatda sogʻliqni saqlash tizimiga bosim yuki oshib ketyapti, shuning uchun ham oʻlimlar soni koʻpaymoqda», — dedi Mariya van Kerkxove.

 

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий