Koronavirusni davolashning mutlaqo yangi usuli topildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Melburn qirollik texnologiya instituti boshchiligidagi xalqaro olimlar jamoasi turli xil infeksiyalarni, shu jumladan, COVID-19ni davolashning yangi usulini topdilar. Tadqiqotchilarning maqolasi Nature Communications jurnalida e’lon qilindi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Mutaxassislar bezgakni keltirib chiqaradigan parazitlar qizil qon tanachalarida proteinkinaz fermentlarining faolligiga bog‘liq ekanligini isbotladilar. Shuningdek, ular saraton kasalligiga qarshi kurashish va proteinkinaz fermentlarini faollashtirmaslikka mo‘ljallangan dorilar parazitlarni o‘ldirishda juda samarali ekanligini aniqladilar. Bu virusga qarshi muolaja narxini pasaytiradi va bezgak hamda boshqa (COVID-19 va gepatit) virusli kasalliklarni yo‘q qila oladigan dorilarning yaratilishini tezlashtiradi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, qo‘zg‘atuvchining o‘zini emas, balki organizmning molekulalarini "nishonga oluvchi" dorilar virus qo‘zg‘atuvchisini yo‘q qiladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий