BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Koronavirusdan tuzalgach bemorlarni nima qiynamoqda? Bemorlar so'zidan...

COVID-19 dan tuzalgan bemorlar kuchli holsizlik, hansirash, ya'ni nafas yetishmovchiligi va yurak urushi muammolariga shikoyat qilishmoqda. Bu haqida "Daily Mail" nashriga asoslanib, "Lenta" xabar bermoqda.

27-yoshli Taliya Varga ning bildirishicha, unda belgilar 1 chi Aprelda, ya'ni Avstraliyadan Britaniyaga qaytgandan 13 kun o'tgach yuzaga kelgan. U besh hafta yotoq rejimida bo'lganiga qaramay, oradan 3 oy o'tsa ham, hamon nafas olishda muammolar kuzatilmoqda. Taliya buni ko'krak qafasida beton plita turgandek hissiyotga taqqoslamoqda. 

Yana bor Londonlik 21 yoshli talaba Jessica esa kasallikdan tuzalgach, harakat vaqtida kuchli holsizlik va tana harorati ko'tarilishiga shikoyat qilmoqda. Djek ismli bemor esa kasallikni yanvar oxirida yuqtirib olgan va bir qancha vaqt o'tib tuzalgan. Lekin hamon uni hansirash va yurak tez urushi muammosi qiynamoqda. 

 

Fikr qoldiring