Koronavirus sababli O‘zbekistonning transport kompaniyalari qancha zarar ko‘rgani ma’lum qilindi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may, dushanba kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi oqibatida butun dunyoda transport aloqalari deyarli to‘xtab qoldi. Sohadagi kompaniyalar bundan jiddiy zarar ko‘rmoqda. Masalan, birgina aviatsiya tarmog‘ida 2020 yil yakunigacha dunyo bo‘yicha 113 milliard dollar yo‘qotilishi taxmin qilinmoqda.

Mamlakat transport korxonalari karantin cheklovlari sababli hozirgacha 340 milliard so‘m zarar ko‘rgan. Epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha bu raqamlar yana oshishi aniq.

Shu bois sohada pandemiyaning ta’sirini yumshatish, korxonalarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator choralar ko‘rilmoqda. Karantindan eng ko‘p zarar ko‘radigan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlarining 122 million dollar kreditlari to‘lov muddatlari uzaytirildi, 60 milliard so‘mlik soliq imtiyozlari taqdim etildi. Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 50 million dollar miqdorida aylanma mablag‘ sifatida foizsiz ssudalar ajratildi.

Habib Nurmagomedov va Shahram G`iyosov ishtirokidagi reklama taqiqlandi

Import benzin narxi oshishi mumkin

Реклама на Unews

O‘zbekiston qamoqxonalari va ulardagi mahbuslar soni kabi ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий