Koronavirus bilan bog‘liq holat juda murakkablashadi - JSST rahbari

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq dunyodagi vaziyat yaqin oylar ichida juda murakkablashadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus ma’lum qilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

 
"Biz pandemiyaning juda muhim chorrahasida turibmiz, ayniqsa, shimoliy yarimsharda. Keyingi bir necha oy juda og‘ir bo‘ladi, ba’zi mamlakatlar xavfli trayektoriyada turibdi", deya ogohlantirgan Gebreyesus.
 
Uning aytishicha, ko‘plab davlatlarda kasallanish holatlarining keskin oshishi kuzatilgan. Bu esa yaqin vaqt ichida sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslarning tugab qolish xavfini yuzaga keltiradi.
 
JSST rahbari dunyo mamlakatlari rahbarlarini shoshilinch choralar ko‘rishga va o‘lim darajasi, kasallanish tezligi oshishining oldini olishga chaqirgan. U shuningdek, maktablarni yopish haqida ham alohida ta’kidlagan. 
 
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 42 million 489 ming 901 tani tashkil etib turibdi. 1 million 149 ming 229 kishi vafot etgan. 31 million 427 ming 9 nafar bemor esa sog‘ayib ketgan.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


2 комментарии

Написать комментарий
  1. 03-08-2022 WrbhAnymn

    where to buy sildenafil <a href="https://sildenaflabc.com/ ">how to get viagra for women</a> legal generic viagra

    Ответить на этот комментарий
  2. 03-08-2022 ArfvjDiach

    cialis online buy <a href="https://tadalaflabc.com/ ">tadalafil</a> buy cialis from cananda

    Ответить на этот комментарий

Написать комментарий

просмотреть все комментарии