Koronavirus antigeni va antitanacha testlarini bir biridan farqi nimada?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Bu haqda SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ma`lum qildi...

Inson organizmida koronavirus mavjudligini aniqlash uchun antitanani PZR testi usulida yoki ekspress-testlar yordamida aniqlaymiz. PZR testida insonning burun va burun-halqum bo`shlig`idan surtma olinadi. Bu test usulining sezuvchanligi 90 foiz bo`lib, natijalar sonlarda keltirilgan xolda olinishi mumkin.  

Koronavirusga qarshi antitanalarni aniqlash uchun ekspress-testlar organizmga tushgan koronavirusga nisbatan immun tizimining kurashish qobiliyatini aniqlash imkonini beradi, bunda biz kasallik jarayonini kechuv davri, organizmning virusga qarshi qanday kurashayotganini va hosil qilgan immunitet tanachalarini baholashimiz mumkin.  

Реклама на Unews

Bu usulda insonning qon namunasi tekshiriladi. Ammo bu test natijalarini kasallik diagnostikasi uchun ishlata olmaymiz, chunki organizmni virusga nisbatan immun javob reaksiyasi kasallikning 7–10-kunlari boshlanishi mumkin, bemorlarda esa, ayniqsa, engil kechirayotganlarda kasallik alomatlari o`tib bo`lgan va organizmdan virus chiqib ketgan bo`lishi mumkin. Kasallikni o`rta og`ir, og`ir va  o`ta og`ir kechirayotgan bemorlarda esa bu davrda kasallik zo`rayishi va kasalxonaga tushib qolish extimoli yuqori bo`ladi. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий