BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Kia Seltos krash-testni uch bahoga «topshirdi» (video)

Global NCAP assotsiatsiyasi Hindiston bozori uchun mo‘ljallangan ruli o‘ng tomonda joylashgan Kia Seltos ustida krash-test o‘tkazdi. Uslub yagona sinovni o‘z ichiga oladi: soatiga 64 kilometr tezlikda 40 foizli qoplama bilan old tomoni orqali deformatsiyalanuvchi barerga urilish. Krossover o‘rtacha bahoni qo‘lga kiritgan: mavjud beshta yulduzdan uchtasini, deb xabar beradi Motor,  deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri. 

Sinovda Hindiston uchun yig‘ilgan old qismida ikkita xavfsizlik yostiqchasiga ega bazaviy Seltos ishtirok etgan. Modelning ushbu variantidan bolalar o‘rindig‘ini qotirishga mo‘ljallangan Isofix va o‘rtadagi yo‘lovchi uchun xavfsizlik kamari o‘rin olmagan.

Seltos’dan frontal zarba oqibatida yuzaga keladigan haydovchining oyog‘i ostidagi polning «nostabilligi», shuningdek, kuzovning kuchli deformatsiyaga uchragani uchun ballar olib tashlangan.

Bu Kia Seltos ustida o‘tkazilgan birinchi krash-test emas. 2019 yilning oxirida krossover xavfsizligini Avstraliyaning ANCAP mustaqil tashkiloti tekshirgan edi. O‘shanda u sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, mavjud beshta yulduzning barchasini qo‘lga kiritgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Fikr qoldiring