Islom dinini qabul qilgan jahon yulduzlari (foto)

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Shou-biznes vakillari va mashhurlar orasida ham dini va e’tiqodini o‘zgartirgan bu orqali hayotning ma’nosini topishga uringan va ko‘p boradagi qarashlari o‘zgarganlar ham yo‘q emas, deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.

Janet Jekson

Реклама на Unews

Foto: Cosmopolitan

2017-yilning yanvarida farzandli bo‘lgan xonanda 2012-yilda 42 yashar qatarlik milliarder Vissam Al-Mana bilan turmush qurgan. Dunyoga kelgan farzandini juftlik Iso deb atagan. Ular turmush qurganidan buyon Vissam, Janetni islom dinini qabul qilishga undagan. Ijodkor rasman islom diniga o‘tishdan oldin, avvalgidan siporoq kiyingan. Ammo Janet Jekson farzandli bo‘lganidan uch oy o‘tib millioner eridan ajrashgan.

Mayk Tayson

Реклама на Unews

Foto: Cosmopolitan

 

1991-yilda bokschi, “Amerikaning qora tanli go‘zali” maqomiga loyiq deb topilgan 18 yashar Dezira Vashingtonga tegajog‘lik qilishda ayblangan. Jeyms Duglas bilan jangda mag‘lubiyati sabab o‘zining professional omadsizligidan shundoq ham depressiyada bo‘lgan sportchi, qiz bilan bog‘liq sud jarayonlaridan keyin yana ham tushkunlikka tushgan.

Foto: Cosmopolitan

6 yilga ozodlikdan mahkum qilingan Tayson, 3 yil o‘tirib chiqqanidan keyin islom dinini qabul qilgan. “Qamoqdan chiqqanimda men vanna qabul qilishdan boshqa narsani xohlamaganman. Barcha jirkanchlikni yuvib yuborishni istaganman”, — degan Mayk.

Mariya Alalikina

Foto: Cosmopolitan

Rossiyaning “Fabrika” guruhi a’zosi Mariya, 2003-yilda o‘zini oilasiga bag‘ishlash uchun xonandalikni tashlagan. U yurist Aleksey Zuenko bilan turmush qurganidan keyin islom dinini qabul qilgan va hijob o‘ragan. Ammo farzandli bo‘lgani Alekseyning xiyonat qilmasligiga sabab bo‘lolmagan va Mariya farzandini yolg‘iz tarbiyalashiga to‘g‘ri kelgan.

Kendra Spirs

Foto: Cosmopolitan

Model Kendra va shahzoda Rahim Aga Xonning turmush qurishiga ularning dini va madaniyati o‘rtasidagi tafovut qarshilik qila olmagan. 2013-yilda tanishganidan keyin ularning har ikkisi bir-biriga bog‘lanib qolgan. Turmush qurganidan keyin Kendra islomni qabul qilgan va malika Salva deb atala boshlagan. Ammo bu uning karyerasini to‘xtashiga sabab bo‘la olmagan va o‘g‘li shahzoda Irfanga homilador bo‘lgunicha avvalgidek fotosessiyalarda ishtirok etgan.

Basta Rayms

Foto: Cosmopolitan

Mashhur xonanda va prodyuserning islom dinini qabul qilganiga ancha bo‘lgan. Aslida xonanda o‘zining e’tiqodini ommaga e’lon qilmagan va intervyulardan birida islomga o‘tgani haqida bergan ma’lumoti muxlislar uchun kutilmagan yangilik bo‘lgan. Tadbirlardan birida muxbirlarning savoliga Basta, islom dini uning ruhiy kamolotga erishishiga yordam berishini ta’kidlagan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий