Imtihonlardan muvaffaqiyatli o`tgan, ammo Koreyaga keta olmagan fuqarolar diqqatiga!

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Koreya Respublikasi erkin yollash tizimi bo`yicha EPS-topik test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tib, ish beruvchilardan shartnoma loyihalari kelgan, biroq epidemiologik vaziyat tufayli tashkiliy tarzda Koreya Respublikasiga keta olmagan fuqarolar diqqatiga Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati o`rtasida o`zaro olib borilgan muzokaralar natijasiga ko`ra, ayni vaqtda mehnat ta`tili olib, O`zbekiston Respublikasida bo`lib turgan fuqarolarni Koreya Respublikasiga yuborish bo`yicha quyidagilarni ma`lum qiladi.  Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan Koreya Respublikasi hukumatiga EPS-topik test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tib, ish beruvchilardan shartnoma loyihasi kelgan biroq, SOVID-19 virusining tarqalishi sababli Koreya Respublikasiga tashkiliy tarzda keta olmagan va viza tasdiqnomalari amal qilish muddati tugagan fuqarolarning ma`lumotlari Koreya Respublikasi inson resurslarini rivojlantirish xizmatiga taqdim qilingan.

Viza tasdiqnomasi amal qilish muddati tugagan fuqarolarning viza tasdiqnomalari Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan bosqichma-bosqich uzaytirilmoqda (viza tasdiqnomangiz uzaytirilganligi to`g`risidagi ma`lumotni o`zingizga tegishli shaxsiy kabinetingizdan bilib olishingiz mumkin).

Реклама на Unews

55 nafar fuqarolarning (Ish beruvchi korxona tomonidan shartnoma loyihasi bekor bo`lgan) ma`lumotlari qayta tanlovlar bazasiga qo`yilgan.

Shulardan 40 nafariga qayta shartnoma loyihalari berilgan.

Hozirgi kunda Koreya Respublikasi erkin yollash tizimi bo`yicha EPS-topik test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tib, ish beruvchilardan shartnoma loyihalari kelgan fuqarolar uchun Koreya Respublikasidagi 3 kunlik majburiy ko`niktirish darslari bekor qilinganligi sababli Koreya Respublikasiga tashkiliy tarzda jo`natish vaqtinchalik noma`lum muddatga qadar qoldirilgan.

Реклама на Unews

Fuqarolik pasportidagi xorijga chiqish ruxsatnomasi (OVIR stikeri) amal qilish muddati tugagan va tugash arafasida bo`lgan fuqarolar zudlik bilan xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishlari kerakligi to`g`risida ma`lum qilamiz.

Shartnoma loyihalari hamda viza tasdiqnomalari kelgan fuqarolarning hujjatlarini o`rnatilgan tartibda qabul qilish sanalari to`g`risida qo`shimcha ravishda e`lonlar orqali ma`lum qilinadi.

Qo`shimcha ma`lumot uchun Agentlikning 71-202-33-55 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий