Habib orzusidagi jang haqida gapirdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Rossiyalik aralash jang sportchisi (MMA) Habib Nurmagomedov o‘z tashkilotida (Eagle Fighting Championship) rejalashtirgan orzusidagi jang haqida so‘zlab berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

«Bu faqat mening fantaziyam, og‘ir vaznda amerikalik Brok Lesnarni rossiyalik Fedor Yemelyanenkoga qarshi jangga olib chiqish mumkin edi», — deydi Nurmagomedov MatchTV kanaliga bergan intervyusida.  Uning fikriga ko‘ra, Rossiya va Amerika MMA yulduzlari o‘rtasida jang tashkil qilish ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lar edi. «Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin», deb qo‘shimcha qiladi sportchi.

Avvalroq Habib Nurmagomedov UFC prezidenti Deyna Uaytga o‘z karerasini davom ettirish to‘g‘risida xabar yuborganini aytgandi.  Uning so‘zlariga ko‘ra, Uayt tez orada o‘z javobini e’lon qilishi kerak. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, UFC rahbariyati iyun oyida chempionlik jangini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, ammo hozircha biror to‘xtamga kelinmagan.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, 24 oktabr kuni UFC turnirida amerikalik Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan keyin Nurmagomedov aralash yakkakurashlardan ketishini e’lon qilgandi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий