Fransiyada koronavirus bilan kasallanish holatlari yarim milliondan oshdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Fransiya rasmiylarining 25 sentabr kuni bergan ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni yarim milliondan oshib ketdi. Juma kunining o‘zida 15 797 kishining bu kasallikni yuqtirib olgani aniqlangan, deb yozmoqda "tarjumon.uz" nashri.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hozirgacha Fransiyada jami bo‘lib 513 034 kishi COVID-19 bilan kasallanganini ma'lum qilgan. Bu bilan Fransiya dunyodagi koronavirus holatlari yarim milliondan oshgan 11 mamlakat qatoriga qo‘shildi. KHozirda jahonda koronavirus bilan kasallanish holatlari eng ko‘p qayd etilgan mamlakat AQSH bo‘lib, bu yerda COVID-19 ni yuqtirib olganlar soni 7 milliondan oshgan.

Fransiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani rasman e’lon qilingan. Ayni paytda mamlakatdagi kattaligi jihatdan ikkinchi shahar bo‘lgan Marsel ikkinchi to‘lqinning avj olgan nuqtasi bo‘lib turibdi. SHuning uchun bu shaharda cheklovlar kuchaytirilgan. Juma kuni ertalab Marsel aholisi namoyishlar uyushtirib, hukumatdan bar va restoranlarning yopilishi haqidagi qarorni bekor qilishni talab qilishdi.

Fransiyada so‘nggi ikki hafta ichida 150 mingga yaqin kishining koronavirusga chalingani aniqlangan. Bahordagi ikki oy davom etgan qat'iy karantin davrida ham bundan ozroq kasal qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 132 mingdan ortiqroq odamga koronavirus tashxisi qo‘yilgandi.

SHuningdek, 25 sentabr kuni Fransiyada yana 150 kishi koronavirus sabab olamdan o‘tdi va qurbonlarning umumiy soni 31 661 kishiga yetdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий