Ertaga O`zbekistonning qator hududlarida qor yog`adi — "O`zgidromet"

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati 22 yanvar kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanishi mumkin), tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-4° iliq bo`ladi.  

Реклама на Unews

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Реклама на Unews

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq, shimolda va cho`l hududlarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 1-6° iliq bo`ladi.  

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.  

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий