Ebolani aniqlagan olim hayot uchun xavfli bo‘lgan yangi kasallikdan ogohlantirdi!

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

1976-yilda Ebola virusini birinchi bo‘lib aniqlagan kongolik olim, mikrobiolog Jan-Jak Muyembe-Tamfum Kongoda hayot uchun xavfli bo‘lgan yangi kasallik paydo bo‘lgani ehtimolidan ogohlantirdi. Bu haqda “RBK”ga tayanib, “Daryo” nashri xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat g‘arbida joylashgan Ingende shahridagi bir ayolda gemorragik isitma belgilari kuzatilgan. Ayoldan tahlil olinib, Kinshasadagi biotibbiy tadqiqotlar milliy institutiga jo‘natilganda, unda Ebola virusi yoki tibbiyotga ma’lum bo‘lgan birorta kasallik belgilari aniqlanmagan.

Muyembe-Tamfum ayol avval qayd etilmagan, shartli ravishda “X kasallik” deb atagan yangi kasallikka chalingan ilk bemor bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilmoqda. Olimning baholashicha, yangi kasallik COVID-19 kabi yuqumli bo‘lishi, undan o‘lim darajasi esa Ebola virusidagidan 50-90 foizni tashkil qilishi mumkin (ushbu virusdan o‘rtacha 50 foiz kasallar vafot etgan).

Реклама на Unews

Ayni paytda noma’lum kasallik aniqlangan ayol izolyatsiya qilingan, unga yaqinlari bilan faqat plastik oyna orqali muloqot qilishga ruxsat berilgan. Ayol va uning yaqinlariga Ebola bilan kasallanishdan qo‘rqadigan mahalliy aholi tomonidan zarar yetkazilmasligi uchun uning shaxsi sir saqlanmoqda.

Hozircha “X kasallik” gipotezaligicha qolmoqda. Shunga qaramay, JSST yangi epidemiya yuz berishidan jiddiy xavotirda.

Avvalroq Muyembe-Tamfum insoniyat kelajakda hayvonlardan odamlarga yuquvchi yangi kasallikka duch kelishidan ogohlantirgan. Mikrobiolog bunday kasallik COVID-19’dan ham xavfliroq pandemiyani yuzaga keltirishi mumkinligini istisno etmagan.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, Ebola kasalligi birinchi marta 1976-yilda aniqlangan. Ushbu virusli kasallik 2013–2016-yillarda G‘arbiy Afrikada juda keng tarqalib ketdi. Gvineyada boshlangan kasallik Liberiya va Siyerra-Leonega ham o‘tib ketdi. Kasallikning o‘ziga xos xavfli jihati unda kasallanganlar orasida o‘lim holatining yuqoriligidadir. O‘sha paytda 11 315 kishi yoki kasallarning 50 foizi vafot etgan. 2019-yilning iyul oyida Kongo Demokratik Respublikasida qayd etilganidan keyin JSST xalqaro favqulodda holat e’lon qilgan. Mamlakatda kasallik paydo bo‘lganidan buyon 2 200 kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil fevral oyida Nigeriyaning boshqa bir shtati Benueda noma’lum kasallikning tarqalgani xabar qilingan. O‘shanda 104 kishi kasallangan, 15 nafar bemor vafot etgandi. Mahalliy shifokorlar buning koronavirus emas, balki boshqa yangi kasallik ekanini bildirgan. Noyabr oyida esa Nigeriyada 15 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi.

 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий