Diyorbek Ermatov og`ir atletika bo`yicha JChning ilk kunida 3 ta medalni qo`lga kiritdi
1420 15-06-2022 0 СпортИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Shu kunlarda Meksikaning Leon shahri og`ir atletika bo`yicha o`smirlar o`rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, kecha tunda hamyurtimiz Diyorbek Ermatov o`smirlar o`rtasidagi jahon chempionatida o`z ishtirokini boshladi.
-73kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Diyorbek yakunda uch marta shohsupaga ko`tarildi.
Реклама на Unews
Dast ko`tarish mashqida 133 kg, siltab ko`tarishda esa 157 kg, umumiy hisobda 290 kg toshni o`ziga bo`ysundirgan Diyorbek Ermatov 2ta kumush va 1ta bronza medalini qo`lga kiritdi.
Ma`lumot uchun: musobaqada dunyoning qirqqa yaqin davlatidan, umumiy hisobda 200 nafardan ortiq sportchi chempionlik uchun kuch sinashmoqda.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.