Diqqat! JSST koronavirus pandemiyasining yangi xavfli bosqichini e’lon qildi!

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Dunyo SARS-CoV-2 koronavirus pandemiyasining yangi xavfli bosqichiga o‘tdi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.

Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Gebreyesus virus yuqori tezlikda tarqalishda davom etayotganini eslatib o‘tdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 iyun kuni tashkilot 150 mingdan ortiq yangi infeksiyalar haqida ma’lumot olgan. Ular, asosan, Shimoliy va Janubiy Amerika, shuningdek, Yaqin Sharq hamda Janubiy Osiyoga to‘g‘ri kelgan.

Реклама на Unews

 

“Mamlakatlar tomonidan karantin asta-sekinlik bilan yushmatilayotganini tushunib turibman”, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori, hushyor bo‘lishga va ehtiyot choralari bilan infeksiyaga qarshi kurashishni yanada kuchli davom ettirishga chaqir ekan.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий