BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

COVID-19 ning og‘ir formasini boshidan kechirayotgan bemorlar hayotini saqlab qolayotgan arzon dori ma’lum qilindi!

Britaniyaning Bristol universitetida olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, yallig‘lanishga qarshi ishlatiladigan steroidlardan biri bo‘lgan gidrokortizon moddasi koronavirus tufayli og‘ir ahvolga tushib qolgan bemorlarning o‘lim xavfini 31 foizga kamaytiradi.

Shuningdek, mazkur ilmiy izlanishlarda yana ikkita yallig‘lanishga qarshi dori vositasi koronavirusdan jiddiy aziyat chekayotgan bemorlarning hayotdan ko‘z yumish darajasini 20 foizga kamaytirishi aniqlandi.

Bundan oldingi tadqiqotlarda ham gidrokartizon va tarkibida steroid moddasi bo‘lgan boshqa dorilar COVID-19 ning og‘ir shaklini boshidan o‘tkazayotgan bemorlarni davolashda samarali ekani ta’kidlangandi. Lekin, aynan shu izlanishlar bu turdagi dorilarni o‘rganishdagi eng batafsil tadqiqot bo‘ldi.

“Steroidlar arzon va barchaning sotib olishga imkoni mavjud bo‘lgan dorilardir. Bizning tahlillarimiz shuni tasdiqladiki, steroidlar COVID-19 dan eng ko‘p qiynalayotgan bemorlar orasidagi o‘lim hollarini kamaytirishda samaralidir” deydi Bristol universiteti professori Jonatan Sterne.

Oksford universitetining epidimologiya bo‘yicha professori Martin Landreyining ayitishicha, sinovlardan o‘tkazilgan gidrokartizon va boshqa steroidlar arzon va barcha uchun yetarli darajada ko‘pdir.

“Bu turdagi dorilardan bir necha o‘n yillardan beri foydalanilib kelinadi. Steroidlar shunday dorilarki, tibbiyot sohasidagi har qaysi talaba dorilar bo‘yicha kitobni ochishi bilanoq ularni o‘rganib oladi” deydi Landrey.

Fikr qoldiring