Chirchiqda yonayotgan uydan ikki nafar xonadon a`zolari qutqarib olindi
3773 13-01-2021 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Joriy yilning 12 yanvar kuni soat 11:13 da Toshkent viloyati, Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limiga, Chirchiq shahar 8-kichik daha 9-uyda yashovchi fuqarolar tomonidan ushbu uyning 41-xonadonida yong`in sodir bo`layotganligi haqidagi xabar kelib tushgan.
Mazkur xabar yuzasidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi yong`in-qutqaruv guruhi voqea joyiga zudlik bilan etib borgan. Qutqaruvchilarning o`z vaqtida ko`rgan tezkor harakatlari natijasida ushbu xonadonda istiqomat qiluvchi 1950 yilda tug`ilgan fuqaro K.A. hamda uning nabirasi 2018 yilda tug`ilgan voyaga etmagan Sh.D.lar alanga ichidan olib chiqilgan. Ularga tez-tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko`rsatilgan. Tan jarohatlari aniqlanmagan.
Hodisa oqibatida uyning 30 kv.m. maydoni zarar ko`rgan bo`lsa, qutqaruvchilarning sa`y-harakatlari bilan xonadonning 60 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Daslabki surishtiruv ishlari davomida sodir bo`lgan yong`inning taxminiy kelib chiqish sababi, bolalar sho`xligi oqibatida yuzaga kelganligi deb tahmin qilinmoqda.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Реклама на Unews
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.