Bugun Shohjahon Ergashev va yana ikki bokschimiz ringga ko‘tariladi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

ROSSIYANING KRASNOGORSK SHAHRIDAGI «VEGAS CITY HALL» ARENASIDA TASHKIL ETILADIGAN PROFESSIONAL BOKS KECHASIDA YENGILMAS BOKSCHIMIZ SHOHJAHON ERGASHEV BELARUSLIK DMITRIY MISHYULAGA QARSHI RINGGA KO‘TARILADI, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Janglar 16 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanishi kutilmoqda.

Shuningdek, Krasnogorksdagi boks kechasida yana ikki nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ham reyting janglarida ishtirok etadi. Yarim o‘rta vazn toifasida (66.6 kg) faoliyat olib borayotgan Mirzakamol Ne’matov o‘zining ikkinchi jangini rossiyalik Alisher Ashurovga qarshi o‘tkazsa, professional ringga uchinchi marotaba ko‘tarilayotgan Alisher Shodiyev rossiyalik Muhammadrizo Mutalibovga qarshi jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur professional boks kechasini Sport TV kanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatishni rejalashtirgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий

просмотреть все комментарии