Bu yana nima? Hindistonda noma’lum kasallikka chalinganlar ko‘payyapti!

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Hindistonning turli nuqtalarida so‘nggi 1,5 oyda 700 dan ortiq odam kasallandi. Olimlar bu qanday kasallik ekanini, uning patalogiyasini aniqlay olmayapti. 

Manbalarda aytilishicha, odamlar normal hayot kechirishadi, so‘ngra birdan hushidan ketib, yerga yiqiladi va titroq boshlanadi. Bir yarim oy ichida bir kasallikning o‘lim bilan yakunlangan holatlar ham qayd etildi.

So‘nggi ikki kun ichida 29 kishida shunday holat sodir bo‘ldi. ulardan biri vafot etdi, qolganlari darhol Denduluru hududida joylashgan Birlamchi tibbiy yordam maraziga yetkazildi. 

Реклама на Unews

JSST hamda rasmiylar noma’lum kasallikning sababini aniqlash uchun nafaqat qon, balki suv va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlaridan ko‘plab namunalarni to‘plashdi. Ayni paytda, natijalar hanuzgacha noma’lum va mutasaddilar bu haqda mutaxassislar bir muddat o‘tgach ma’lumot berishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda o‘tgan yilning 5 dekabridan fuqarolar noma’lum kasallikdan shikoyat qila boshlagandi. Shundan so‘ng JSST kasallik sababini o‘rganish uchun Hindistonga o‘z mutaxassislarini yuborishini ma’lum qilgandi. Kasallikning avj olishiga qo‘rg‘oshin va nikeldan zaharlanish sabab bo‘lishi mumkin, degan taxminlar mavjud. 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий