Bo‘sh turgan ob’yektlardan foydalanish bo‘yicha markaz tashkil etildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

«Bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-4771, 01.07.2020 y.) qabul qilindideb yozmoqda "Sof.uz" nashri. 

Qarorga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari huzuridagi «Davlat mulkini ijaraga berish markazi» DUK negizida Agentlik huzuridagi Bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifalaridan biri mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha toifadagi bo‘sh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va hisobini yuritish, shuningdek, davlat mulki ob’yektlarini ijaraga berishni tashkil qilish hisoblanadi.

Реклама на Unews

Markaz davlat boshqaruv organi hisoblanadi va davlat organlaridan, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlardan hamda boshqa tashkilotlardan zarur bo‘lgan axborot va materiallarni so‘rab olish huquqiga ega.

Markaz bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida har yili 1 aprelga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.

2020 yil 1 sentyabrdan:

Реклама на Unews

  • barcha auksion savdolari natijalari QR-kodni qo‘llash orqali rasmiylashtiriladi;

“E-IJRO AUKSION” tizimida quyidagi tartiblar joriy qilinadi:

  • auksionda shaxsini identifikatsiyalash imkonini beruvchi mobil ilovalar orqali ishtirok etiladi;
  • davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari elektron shaklda ikki tomonlama tuzish orqali rasmiylashtiriladi;
  • savdolarda mavjud bo‘lgan lotlar haqida batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi doimiy yangilanib turadigan va Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan elektron katalog yaratiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий