Bolalarni asrang! "Britancha" Koronavirus nimasi bilan xavfli?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘tgan yilning mart oyida O‘zbekistonga Xitoyda paydo bo‘lgan yangi koronavirus infeksiyasi kirib kelgandi. Shundan so‘ng, bir necha oy davomida qat’iy karantin cheklovlari joriy qilindi. Odamlar “uy qamog‘iga” olindi.

Bugunga kelib karantin choralari ancha yumshatilib, vaziyat yaxshilangan bo‘lsa-da, dunyoning bir qator davlatlari singari O‘Zbekistonga ham koronavirusning yangi, mutatsiyaga uchragan “britancha” turi kirib keldi. Ushbu virus taxminlarga ko‘ra, o‘tgan 2020 yilning sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan. Shu paytgacha dunyoning 60 dan ortiq davlatlarida qayd etilgan “britancha” koronavirus bugundan boshlab O‘zbekistonda ham “mehmon”. 

Ho‘sh, koronavirusning “britancha” turi eskisidan qanday farq qiladi? Ushbu turning bolalarga ta’siri va kasallik belgilari haqida nimalar ma’lum? Quyida ushbu savollarga javob topishga harakat qilamiz. 

Реклама на Unews

“Britancha” koronavirus tezkor tarqalishi rostmi?

Joriy yilning 8 yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassisi Mariya van Kerkxove koronavirusning “britancha” turi tarqalishi borasidagi savollarga javob bergan.

“Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusning “britancha” turi avvalgisiga qaraganda tezroq tarqaladi”, degan edi Mariya van Kerkxove.

Реклама на Unews

Yangi mutatsiya qanchalik xavfli?

Joriy yilning 22 yanvar kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson yangi turdagi ushbu koronavirus nafaqat tezkor, balki avvalgisiga qaraganda xavfliroq ekanini ta’kidlalagan. 

“Mutaxassislarimizning bizga ma’lum qilishicha, koronavirusning yangi turida o‘lim xavfi yuqoriroq. Quvonarli jihati shundaki, ishlab chiqilgan vaksinalar unga ham ta’sir qiladi”, deydi Britaniya Bosh vaziri.

Bu mavzuga o‘z navbatida, Rossiyaning To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev ham to‘xtalib o‘tib, Rossiya ishlab chiqarayotgan “Sputnik V” vaksinasi koronavirusning yangi turlariga qarshi kurasha olishini ta’kidlagan. 

“Britancha” koronavirusning dastlabki belgilari qanday?

Buyuk Britaniya Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, “britancha” koronavirus simptomlari COVID-19 nikiga o‘xshashdir. Yangi turdagi shtammga chalingan bemorlar qo‘yidagilardan shikoyat qilgan:

• Ba’zilarda tana harorati sezilarli darajada yuqori bo‘lgan, boshqa bemorlarda tana harorati normal darajada saqlanib qolgan;

• yo‘tal asosan quruq bo‘lib, bemorlar kuchli tomoq og‘rig‘idan shikoyat qilmagan;

• bosh og‘rig‘i va hid bilmaslik kuzatilgan.

Shuningdek, britaniyalik olimlar yangi virusning o‘ziga xos bo‘lgan uchta jihatini aniqlagan. Bular: mushak va suyakda og‘riq, kuchli charchoq va oyoqda pufakchalarning paydo bo‘lishi.

“Britancha” koronavirus va bolalar 

O‘zbekistonda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda “britancha” koronavirus bolalarda biroz boshqacha alomatlar bilan kechishi ta’kidlandi. Ushbu brifingda bolalarda kuzatilayotgan yangi shtammning 5 ta alomat ma’lum qilingan. 

Ta’kidlanishicha, kasal bolalarning aksariyati charchoqdan aziyat chekadi. Infeksiyani yuqtirgan chaqaloqlarda tez-tez yig‘lash holatlari uchraydi.

Kasallangan bolalarning yarmidan ko‘pi (53 foizi) bosh og‘rig‘idan shikoyat qilgan. Shu bilan birga, ularda qorin og‘rig‘i ham kuzatilmoqda. Shuning uchun, shifokorlar ota-onalarga qorin bo‘shlig‘idagi noqulaylik bilan bir vaqtda paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘i bor-yo‘qligini bolalaridan so‘rab turishlarini maslahat beradi.

Yana bir alomat – 37 darajadan yuqori isitma. U koronavirusning “britancha” shtammi bilan og‘rigan bolalarning deyarli yarmida uchragan

Bundan tashqari, kasallanganlarning taxminan 35 foizi ishtahani yo‘qotganini aytgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ko‘pincha bir yoshga to‘lmagan chaqaloqlar bunga duch kelishadi. Shuning uchun ular ota-onalarga taomni kichikroq qismlarga bo‘lib, bolalarni kam porsiya bilan, ammo tez-tez ovqatlantirishni maslahat beradi.

O‘zbekiston o‘tgan yilning 22 dekabr sanasidayoq bir qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan edi. So‘ngra, joriy yilning 29 yanvarida Respublikaga kirish uchun qo‘yilgan cheklovlar 1 martga qadar uzaytirildi. 

Bunga sabab sifatida ayrim xorijiy mamlakatlarda yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanish holatlari soni tubdan oshib ketib, epidemiologik vaziyat keskin yomonlashuvi ko‘rastilgan.

Undan tashqari, yangi virus bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashgan davlatlarda so‘nggi 14 kun davomida bo‘lgan holda uchinchi davlatlar orqali kelayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinga olinishi tartibi davom joriy etilgan. 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий