BMT ocharchilik xavfi ostida bo`lgan mamlakatlarni ma`lum qildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Aholining ochligi bilan bog`liq keskin vaziyat hozirda Burkina-Faso, Nigeriya, Janubiy Sudan va Yamanda qayd etilgan. Bu haqda «Korrespondent» BMT tarkibiga kiruvchi Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi xalqaro tashkilotining hisobotiga asoslanib xabar berdi. 

Hisobotda aytilishicha, ushbu mamlakatlarning barchasida qurolli to`qnashuvlar sodir bo`lmoqda. Bu mahalliy aholining oziq-ovqat xavfsizligi holatini yanada og`irlashtirmoqda.

Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi xalqaro tashkiloti yana 16 mamlakatda ocharchilik boshlanishi xavfi yuqori ekanligini aytdi.

Реклама на Unews

Venesuela, Gaiti, Afg`oniston, Suriya, Livan, Sudan, Efiopiya, Somali, Mozambik, Serra-Leone, Mali, Niger, Kamerun, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi va Zimbabve shular jumlasidandir.

«Biz ayni vaqtda halokatli burilishdamiz. Bir vaqtning o`zida dunyoning to`rt tomonida ochlik xavfiga duch kelmoqdamiz. Ochlik e`lon qilganimiz ko`plab odamlar allaqachon halok bo`lganligini anglatadi. Agar aniq ma`lumotlarni kutib tursak, odamlar allaqachon ochlikdan vafot etgan bo`ladi» – dedi tashkilot favqulodda vaziyatlar bo`yicha direktori Margarita van der Velden.

BMT Oziq-ovqat dasturining hisob-kitoblariga ko`ra, 2020 yilda dunyoda kamida 7 million kishi ochlikdan vafot etgan.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий