“Biz O‘zbekistonda musobaqa o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldik”, – Xabib Nurmagomedov

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Avvalroq Xabib Nurmagomedov Toshkentga kelgani haqida yozgan edik. Rossiyalik sportchi olimpiya qo‘mitasida matbuot anjumani o‘tkazdi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.
 
Anjumanda Nurmagomedov mamlakatimizda musobaqa tashkil etilishi rejalashtirilayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, musobaqa GFC promoushenligi doirasida o‘tkaziladi.

“Ha, men GFC’ga egalik qilaman. Bizda O‘zbekistonda musobaqa o‘tkazish bo‘yicha kelishuv bor. Katta ehtimol bilan musobaqa may oyi boshlari yoki ohirlarida o‘tkaziladi. Biz O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan musobaqadan so‘ng MMA’ga qiziqish ortganini ko‘rdik. Ko‘plab yosh sportchilar motivatsiya oldi. Balki bu safar pandemiya sabab 14-15 ming muhlis yig‘a olarmiz, lekin biz bu musobaqani o‘tkazishni niyat qilganmiz”, – deydi Nurmagomedov.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий