“Birovni bir tiyinga olmasdan yurgan” – “Dizayn” a’zosi Zarina Nizomiddinova bilan bo‘lgan mojaro haqida gapirdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

“Dizayn” jamoasi a’zosi Sa’dulla Fathullayev aktrisa Zarina Nizomiddinova bilan bo‘lgan mojaro haqida gapirdi. Akter bu haqda YouTube’dagi kanallarning biriga bergan intervyusi davomida gapirib o‘tdi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Uning aytishicha, Sa’dulla Zarina bilan Munisa Rizayevaning “Qop qora” nomli qo‘shig‘iga klip olish jarayonida janjallashgan.

“O‘sha payt uning yulduzligi “pik”ga chiqqan edi. U birovni bir tiyinga olmasdan yurgan va bu mening ensamni qotirgan. Suratga olish jarayonida Qobil (“Dizayn” jamoasining boshqa bir a’zosi Qobil Karimberdiyev – tahr.) savol bersa mensimay javob bergan. Ertasi kuni grim xonasida gaplashib o‘tirgan paytimizda gapimiz to‘xtab qolgan va o‘sha vaqtda xonaga Zarina kirib kelgan va “nega to‘xtab qoldinglar, gapimni poylayabsizlarmi” degan. Men unga javoban hazil qilib “sizning gapingizni nega poylaymiz, o‘zi sizning ovozingizga o‘rgana olmayapmiz, kinoda boshqa odam ovoz beradi-ku”, dedim. U esa “ajab bo‘libdi, kimgadir ovoz, kimgadir chiroy beriladi” dedi. Men “sizga nega ikkalasi ham berilmagan?”, dedim. Zarina shu hazilimni ko‘tara olmay baqir-chaqir qilib ketib qoldi. Tinchlan biz shunchaki hazillashyapmiz desam, “hozir kelishadi, seni tinchlantirib qo‘yishadi” deb davom etib qoldi. Keyin men ayol kishi bilan teng bo‘lmay deb chiqib keta qoldim”, – deydi Sa’dulla Fathullayev.


Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий